AQSH Universitetlari va Koledjlariga Kirish Bo’yicha Yo’riqnoma

AQSHda o’qishni istayapgan, ammo nimadan boshlash kerakligini bilmayapganlar uchun maxsus. Brothers.Uz

1. Yaqinroq bo’lgan informatsion-ilmiy markazdan konsultatsiya (maslahat) oling. Konsultatsiya vaqtida quyidagi savollarga javob berishga tayyorlaning:

Qaysi mutahasislik bo’yicha siz ta’lim olishni istaysiz? Ingliz tilini yahshi bilasizmi? Qancha vaqt ichida ta’lim olimoqchisiz? Sizning maqsadingiz diplom olish-mi , yo, tajriba olishmi?

2. Markazda amerikancha vuzga kirishni jarayoni bo’yicha materiallar oling, talab qilinadigan xujjatlar namunalarini, qo’shimcha kitoblarni ro’yhatini ham so’rab ko’ring.

3. Markazdagi ma’lumotlar bazasidan, sizning mutaxasisligingiz bo’yicha ta’lim beradigan vuzlarni toping. Vuz tanlayapganda, quyidagi faktorga alohida e’tibor bering: vuz chet ellik o’quvchilar uchun moddiy yordam beradimi. Agar vuz tomonidan chet ellik studentlar uchun moddiy yordam ko’rsatilmasa, siz, ta’lim uchun o’z pullaringizni to’lashingiz kerak bo’ladi. Moddiy yordam berish odatda vuzlarda har yili yanvar yo fevral oylarida ko’rib chiqiladi, kiritilganlik haqida qaror esa mart oyida chiqadi.

4. Siz tanlagan vuz yo tashkilotlarga so’rov yuboring. So’rov namunalarini (Requests for Application Materials) siz, markazlardan olishingiz mumkin. Javoblar 3-4 haftada kela boshlaydi.

5. Zudlik bilan kerak bo’lgan xujjatlarni tayyorlashni boshlang. Va albatta imtihonlarga tayyorlanishni boshlang.
Hamma amerikancha vuzlarga kirmoqchi bo’lgan chet ellik abiturientlar TOEFL (ona tili inglizcha bo’lmagan chet elliklar uchun imtihon) berishligisi shart. Vuzlar boshqa imtihonlarni ham talab qilishligisi mumkin. Markazdan, bo’ladigan hamma imtihonlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

Bu kichik yo’riqnoma sizga yordam berishiga ishonamiz.

⚜Xurmat bilan, Brothers.Uz jamoasi⚜
@brothersuz