Bilimdon bo’lish uchun 7ta samarali maslahatlar

Brothers.Uz sizlarga miyyani maksimum ishlatish va intellektual imkoniyatlaringizni qo’llashga qaratilgan 10ta onson, samarali va olimlar tomonidan tasdiqlangan maslahatlarni aytib beradi.

 

Intellekt darajasini oshirish va miyyani ishlashiga majburlash juda oson. Mana bir-nechta sinalgan maslahatlar.

03084543-cover-04-630x315

1. Miyyangizni ishlating
Qiziqqonroq bo’ling, har doim yangi narsalarni o’rganing, sizga qiziq bo’lgan narsalar qanday ishlashini bilib oling, tushunarsiz narsalarni tushunishga harakat qiling, hech qachon chekinmang!
NIMA QILISH KERAK?
Miyyangizni foydali narsalarga ishlating, har kuni qiladigan ishlaringizni o’rniga yangi narsalar bilan shug’ullaning.

2. Kitoblar o’qing
Olimlar tomonidan isbotlanganki, kitoblar o’qish nafaqat so’z boylikni oshirishga yordam beradi, balki, tasavvurni ham rivojlantiradi. Kitob o’qiyapganda biz real hayotda sezish qiyin bo’lgan hissiyotlarni sezamiz. Bu ham miyyani rivojlantirish uchun yana bir maslahat.
NIMA QILISH KERAK?
Kutubxonaga yozilib keling, internetda kerak bo’lmagan sahifalardan ko’ri qiziqarli kitoblarni ovqishni boshlang. Har oy hech bo’lmaganda bitta kitob o’qishga harakat qiling.

3. Hamma narsani teskari qiling
Ko’plarga bu usul kulguli bo’lib tuyulishi mumkin, lekin bu usul ancha samarali. Tishingizni odatiy qo’lingiz o’rniga boshqa qo’lingiz bilan tozalab ko’ring. Sichqonchani boshqa qo’lingiz bilan ushlab ko’ring. Qila olasizmi?
Odat bo’lib qolgan harakatlarimizga ozgina o’zgartirish kiritsak, miyyamiz o’zgarish orqali eski natijani olmoqchi bo’ladi. Bu miyyamiz uchun foyda.
NIMA QILISH KERAK?
Miyyangizni kutilmagan qarorlar qilishga zo’rlang. Ishingizga boshqa marshrut orqali boring, o’rtoqlaringiz bilan ingliz yo rus tilida gaplashib ko’ring.
4. Qidiruv sistemalarini tinch qo’ying
Biz qidiruv sistemalari orqali juda ko’p savollarimizga javob qidiramiz. Savollarimizga juda onson javob olganimiz uchun ularni tez esdan chiqaramiz.
Internet juda qulay narsa, lekin u miyyamizni juda erinchoq qilib qo’yadi.
NIMA QILISH KERAK?
Hech bo’lmaganda vaqtincha qidiruv sistemalaridan, avtomatik tarjimonlardan, konvertorlardan va kalkulyatorlardan vos keching. Masalalarni o’ylab yechishga, javoblarni kitoblardan topishga harakat qilib ko’ring. Ha, bu juda ko’p vaqt oladi lekin miyyangizni ishlashga majburlaydi.

5. Intellektual o’yinlarni o’ynang
Intellektual o’yinlar internetda juda ko’p. Ular nafaqat foydali, balki, ular juda qiziqarli ham.
NIMA QILISH KERAK?
Vaqt oluvchi o’yinlarni o’rniga intellektual o’yinlarni o’ynang. Maslan- Minecraft, World of Tanks yo Clash of Clans oyinlari o’rniga, matematika, adabiyot va intelektual bilimlarni oshiradigan o’yinlarni o’ynang.

6. Tillarni o’rganing
Biz yangi til o’rganyapganimizda, miyyamiz juda ko’p ishlaydi. Chunki biz Xotirani chaxlaymiz, yangi so’zlarni o’rganib, boshqa tilda o’ylashga harakat qilamiz. Bir nechta tillarni bilgan insonning miyyasi oddiy insonning miyyasidan ko’ri bir necha baravar tezroq ishlaydi.
NIMA QILISH KERAK?
Yangi tillarni o’rganing. Yo’ki bitta bo’lsaham chet tilini mukkamal o’rganib oling.
Albatta buni inson oz’i bajarishi juda qiyin. Shuning uchun ko’plar repetitorlarga borishadilar. Yahshi repetitor tanlashdayam ko’p narsa bog’liq. Yahshi domla tilni qiziqarli va samarali o’rgatadi…

7. O’zingizni aqilli insonlar bilan qurshab oling
Bizni yonimizdagi odamlar bizga juda katta ta’sir o’tkazadi. Shuning uchun o’zingizni, sizga foydali bo’lgan odamlar bilan qurshab oling.
NIMA QILISH KERAK?
Muloqotingizni ko’paytiring va u-bu narsa o’rgansa bo’ladigan odamlar bilan taishib oling.

Bu sahifadan bir-nechta maslahatni qo’llab ko’rishingizga ishonamiz.
Xurmat bilan, Brothers.uz jamoasi.