Chet elliklar Germaniyada o’qishligisi uchun Heinrich Boll Foundation stipendiyasi

Salom, men shu saytni administratoriman. Mening kanaldagi va saytdagi «Kanada, Avstraliya, Germaniya va AQSHda bepul ta’lim olish» va «Qanday qilib hech qanday pul tikmay chet ellarda ta’lim olish» yozuvlarimdan so’ng juda ko’p odamlar Germaniya va Avstraliyadagi grantlar bilan qiziqib qolishdi va shu haqida batafsil yozishimni so’rashdi. Shuning uchun endi ko’proq shu haqida yozishga harakat qilaman. Saytimiz faoliyati sizga manzur bo’lsa, iltimos uning rivojlanishiga yordam bering, brothers.uz havolasini o’rtoqlashing. E’tiboringiz uchun rahmat!

Heinrich Boll Foundation

Dedlayn: 1 mart 2017 yil

Grand: 750 – 1000 €

Qachon: har yili

Qayerda: Germaniyada

Heinrich Boll stipendiyasini Germaniyada magistr bo’lmoqchi bo’lgan chet ellik studentlar olishi mumkin.

Stipendiya Germaniyadagi milliy yo’ki Germaniya orqali tan olingan vuzlarda magistratura va aspiranturada o’qish uchun beriladi.

Magistratura va Aspiranturani istalgan dasturlariga stipendiya taqdim etiladi.

Chet ellik (Evropalik bo’lmagan) studentlar quyidagi stipebdiyalarga ega bo’lishadilar:

Magistratura studentlari – 750€ oyiga, qo’shimcha individual grantlar va o’quv harajatlari ham bo’lishi mumkin.

Aspirantura studentlari esa – 1000€ oyiga, va 100€ qo’shimcha «bonus», va qo’shimcha individual grantlar, va balkim – ta’lim uchun to’lov.

Stipebdiya 2 yil davomida beriladi.

Abiturientlarga talablar:

Magistratura studentlari uchun – Germaniyadan tashqarida olingan bakalavr darajasiga ega bo’lish, magistratura dasturlaridan biriga kirish.

Stipendiya olishga buyurtmani, magistraturada o’qishni boshlashdan oldin yo’ki magistraturadagi birinchi yili berish mumkin.

Aspirantura studentlari esa – Germaniyadan tashqarida olingan magistr darajasiga ega bo’lish, aspirantura dasturlaridan biriga kirish.

Stipendiya olishga buyurtma berayotganda, u bilan birga, vuzga kirganingizni tasdiqlovchi xatni ham yuborishni unutmang. Buyurtma berilayotgan vaqtda, tayyorlov ishlari yakkulangan, ish tugashini grafiki tuzilgan bo’lishi kerak.

Buyurtma sayt orqali onlayn tarzda beriladi.

Buyurtma berishdan oldin stipendiya haqidagi ma’lumotni rasmiy sayt orqali o’rganib chiqishingiz mumkin.

Bog’lanish uchun ma’lumot:

E-mail – studienwerk@boell.de

Rasmiy Sayt – http://www.boell.de/en/scholarships-application/

Xurmat bilan, Brothers.Uz jamoasi.

Savollar va takliflar bilan administratorga murojaat qiling:
Telegram: @brothersuz_admin
Telefon: +998971305223

Telegramdagi kanalimizga a’zo bo’ling: @brothersuz