Dasturchi kasbini yutuqlari va kamchiliklari

Dasturchi bo’lishdan oldin, yahshilab o’ylab ko’ring, bu kasbni yutuqlari va kamchiliklarini solishtirib ko’ring. Ahir ortga yo’l bo’lmaydi. Hamma savollaringizga Brothers.Uz jamoasidagi dasturchilar javob beradilar.

Yutuqlari:

Katta maosh

Bu ajablanarli emas, ahir biz kompyuter texnologiyalari davrida yashayapmiz, va mutaxassislar yetmayapti. Odamlar erinib ketishdi, odamlar xatto-ki Mikrovolnovkani ham Interneti borligini hohlashyapti, odamlar tankalarni o’ynashni hohlashyaptilar, odamlar har-hil dasturlar hohlashyaptilar (Yangi iPhonida olingan “doshirak”ni rasimini maqtanish uchun Instagramdan tortib, online haritalargacha). Shunday vaqtda aynan dasturchi kerak-da!
Ish ko’p, va shu ishlar uchun yahshigina pul to’lashga tayyor odamlar ham ko’p. Masalan: Moskvadagi dasturchining o’rta maoshi – 80-100 ming rubl.

Mustaqil ta’lim

Dasturchi kasbi – diplom shart bo’lmagan yo’nalishlardan biri. Hech kim sizga qaysi vuzni tamomlagansan deb so’ramaydi, faqatgina qobiliyatlaringizga qarashadilar. Ko’p hollarda test berib GitHub dagi proektlaringizni ko’rsatsangiz bo’ldi. Hattoki Google ga MIT (Master of Information Technology) diplomingiz bo’lmasa ham kirsangiz bo’ladi – qiziqarli dastur yaratish va uni mashxur qilsangiz bo’ldi.

Masofadan turib ishlash

“Frilans” bu nima? Bu ko’p odamlarni orzusi. Bu hohlagan joyda ishlash. Tassavur qiling – Uyda ishlaysiz, qachon hohlasangiz uyg’onasiz, qattiq grafik, planner va sho’vqin kabinetlardan uzoqda. Chet ellardagi, ba’zi ishlarini outsourse ga beradigan kompaniyalar bilan ishlashingiz mumkin, ahir ular O’zbekistondagi kompaniyalardan anchagina ko’p maosh berishadilar.

Yolg’izlikda ishlash

O’zingiz, boshqa odamlar bilan umuman gaplashmasdan, ishlashingiz mumkin. Buyurtma bergan odamdan olgan buyurtmangizni qilsangiz bo’ldi.

Ohirgi IT-texnologiyalardan habardor bo’lish

Hohlasangiz-hohlamasangiz ham har-kuni IT yo’nalishidagi yangiliklarni bilay boshlaysiz. Internet, Mobil-Telefonlar, Kompyuterlar qanday ishlashi bo’yicha ozgincha bo’lsa ham habardor bo’lasiz. Hozirgi vaqtda bu kata yutuq deb hisoblanadi.

Kamchiliklari:

So’roqlar

Afsuski, oddiy odamlar – dasturchilar, har-qanday texnikani tuzata oladi deb o’ylashadilar, dazmoldan boshlab PlayStation 4gacha. Har kuni tanishlaringiz “VINDOUS menga qo’yib ber, noutbukimni tuzatib ber, Wi-Fi ni qarab ber” kabi savollar berishaverishadilar. Shunday so’roqlarga, qila olmayman deb javob bersangiz, ular hafa bo’lishadilar!

Salomatlik susayishi

Albatta, 8 soat, o’tirib, monitorga qarab o’tirish, salomatlikka yono ta’sir etadi. Eng tarqalgan muammo – ko’rish qobiliyati susayishi. Ikkinchi muammo – umurtqa bilan muammolar. Dasturchilar salomatligiga jiddiy qarashiga to’g’ri keladi: sport zallariga, basseynga chiqish, yo’ga blan shug’ullanish kerak bo’ladi, bo’lmasa, 40ga kirganingizda xalitdan, bir qator ham kod tera olmaysiz.

Agar kamchiliklar sizga qo’rquv uyg’atolmagan bo’lsa, mardlarcha dasturchilikka intiling. Dasturchi bo’lib ishlash juda ham qiziqarli, ahir bu eng muhumi-ku, to’grimi?
Xurmat bilan, Brothers.Uz jamoasi.