Dasturchi uchun Ingliz tili kerakmi?

​ Statistika bo’yicha, 75% dastur yaratish bo’yicha buyurtmalar chet elliklar orqali beriladi va deyarli hammaligisi ingliz tilida gaplashishni istaydilar. Aynan shu uchun IT-mutahassis ingliz tilini yahshi bilishi kerak. Bu sahifada, ingliz tili dasturchilar uchun qanday yordam berishi mumkinligini ko’rib chiqamiz.
 
Agar siz dasturchilikni boshlagan bo’lsangiz, ingliz tili naqadar zarurligini bilib bo’lgan bo’lsangiz kerak. Lekin ko’plar ingliz tili dasturchilikda umuman kerak bo’lmaydi, inglizcha terminlarni yodlab olsa bo’ldi deb o’ylashadilar. Ammo Brothers.Uz ularning o’ylashligisi noto’g’riligiga ishontirishga harakat qilib ko’radi.
1. Terminlarni tushunish
Ko’p dasturiy tillar ingliz tilida asoslangan.
2. Dasturlash vositalari
Ko’p dasturlash vositalarida rus va o’zbek tillari mavjud emas.
3. Texnikaviy hujjatlarni o’qish
Deyarli hamma ma’lumotnomalar va texnikaviy hukkatlar ingliz tilida yoziladi.
4. Mijozlar bilan muloqot
Agar kelajakda siz mashxur va kerakli dasturchiga aynalsangiz, chet ellik mijozlardan buyurtmalar kela boshlaydi, va albatta ular bilan muloqot qilish uchun ingliz tili kerak bo’ladi.
5. Professional adabiyotni o’qish
IT-yo’nalishi bo’yicha eng yangi kitoblar va sahifalar ingliz tilida nashr etiladi. Dasturchilar esa har doim yangiliklarni bilishligisi – ular uchun kata yutuq.
6. Yechimlarni Internetdan toppish
Ish davomida siz juda ko’p qiyin masalalar va muammolarga uchraysiz. Ularga yechimni esa inglizcha saytlardan toppish mumkin.
7. Hamma IT-Gigantlar AQSHda joylashganligi sir emas. Bunday firmalarga har-doim mutaxassislar kerak bo’ladi. Chet elda ishlashni istaysizmi? Unda ingliz tilini o’rganing!
Dasturchilar uchun ingliz tilini mustaqil o’rganish
Seriallar va kinolar dasturchilar uchun
Dasturchilar yo IT yo’nalishiga oid Kino va seriallar ingliz tilini o’rganishingizga yordam beradi. Agar tushunish qiyin bo’lyapgan bo’lsa subtitrlar qo’yishingiz mumkin. Dasturchilar uchun kin ova seriallar ro’yhati:
1. Seriallar
· The IT Crowd.
· Silicon Valley.
· The Big Bang Theory.
· Halt and catch fire.
2. Kinolar
· Free to Play.
· The Imitation Game.
· jOBS.
· The Internship.
· The Fifth Estate.
· Away From Keyboard.
· Web Junkie.
· Hackers.
· The Social Network.
· Mr. Robot.
 
Dasturchilar uchun yangiliklar sayti, albatta ingliz tilida.
1. Reddit.com
Bu yerda ITga bog’liq qiziqarli ma’lumotlar va yangiliklarga ssilkalar qoldirishadi. Bu degani bittagina sayt orqali dunyodagi ITga bog’liq hamma yangililarni ko’rishingiz mumkin.
2. News.ycombinator.com
IT yo’nalishi bo’yicha ingliz tilida eng so’ngi yangiliklar.
3. Smashingmagazine.com
Dasturchilar va web-dizaynerlar uchun Professional onlayn jurnal. Eng qiziqarli sahifalar to’plami.
4. Arstechnica.com
Texnologiyalar bo’yicha yangiliklar va sahifalar sayti. Ma’lumotlar juda tushunarli tilde berilgan.
5. Thenextweb.com
Texnologiyalar, biznes haqida yangiliklar joylaydigan eng mashxur saylardan biri.
Ko’rib turganingizdek, Dasturchi ingliz tilini bilishi juda ham zarur. Hozirgi paytda, nafaqat dasturchilar uchun, balki, oddiy odamlar uchun ham Ingliz tilini bilmaslikni o’zi uyat hisoblanadi. 

Rus va Ingliz Tillarini Malakali Domla bilan Individual (Birga-Bir) tarzda o’rganish