Germaniyada Oliy Ta’lim Olish

Salom, Siz bilan Brothers.Uz sayti va @brothersuz kanali administratori. Kundan-kunga, kanalimiz va saytimiz o’quvchilari, Germaniyadagi VUZlar va u yerdagi ta’limga qiziqish bildirishyapti. Shuning uchun Germaniya to’g’risida yana bir sahifani qarshi oling. Bu sahifada, Germaniyada o’qimoqchi bo’lgan hamma abiturientlarning savollariga javob berishga harakat qilaman.

Ho’sh, nega ko’p studentlar, Angliya, AQSH, Kanada va boshqa mashxur davlatlardagi vuzlarga emas, aynan, Germaniyadagi oliygohlarga kirishni o’ylab yurishibdi?

▪️Birinchidan, Germaniyada chet ellik studentlar oliy ta’limni deyarli bepul olishligisi mumkin, kirish imtixonlarsiz, ta’limni esa ham nemis ham ingliz tillarida olishingiz mumkin (ingliz tilidagi ta’lim ham bepul).
Ko’rib turganingizdek, Germaniyada ta’lim olish juda qulay, va eng kerakligi, sifatli. Germaniyada olingan diplomlar nafaqat Evropada, balki, Angliya, AQSH va Kanadada ham juda obroli deb hisoblanadi.

▪️Ikkinchidan, Germaniya oliy o’quvli kadrlarni tayyorlashga qiziqadi.

▪️Uchinchidan, Germaniya xokimiyati doimo o’z o’quv muossasalarini rivojlantirishga kata miqdorda pul ajratadi.
Ko’rib turganingizdek, tepada ko’rib chiqilgan hamma yutuqlar, Germaniyada ta’lim olishni eng sifatli va qulayligini isbotlaydi.
Germaniyada taxminan 400ta VUZ bor. Germaniya VUZlari davlat va xususiylarga bo’linadi; ular esa quyidagilarga bo’linadi: universitetlar (Universität), texnologiyalar universiteti (Technische Universitaeten), o’qituvchilik universitetlari (Padagogische Hochschulen), teologik universitetlar (Theological Colleges), akademiyalar (Аkademie), administrativ universitetlar (Verwaltungs-fachhochschulen), va maxsus sana’t VUZlari (Kunsthochschule).
O’quv uzunligiga kelsak, bakalavrga o’qish – 3 yil, magistrga esa – 1.5 – 2 yil. O’quv yili ikki semestrdan iborat: qishgi (oktabr-mart) va yozgi (aprel-sentabr). Yozgi semestrga kirish uchun xujjatlar qabuli 15 yanvargacha, qishgi semestrga esa – 15 iyulgacha.
Ba’zi o’quv yurtlarining xujjatlar olish vaqti boshqacha bo’lishi mumkin.

O’quv vaqtida studentlar ishlashi mumkin-mi?

O’quv vaqtida studentlar haftasiga 20 soatgacha ishlashligisi mumkin.

Germaniyadagi ta’limdan so’ng ishga kiraolaman-mi?

O’qish yakullangandan so’ng studentlarga, Germaniya territoriyasida ish toppish uchun, 18 oy beriladi.

Qanday qilib Germaniyadagi VUZga kirsam bo’ladi?

Maktabni yo universitetni birinchi kursini tugatgandan so’ng, Studienkolleg nomli Germancha kursga kirish kerak (taxminan 1 yil davom etadi).

‼️Studienkolleg – bu chet ellik studentlarni tayyorlash bo’yicha maxsus markaz. Bu nkursda studentlarni o’z tanlagan kasbiga qarab har-hil yo’nalishlarga tayyorlashadi: tibbiyot, texnik ilmlar, biznes, sana’t.
Studienkolleg dagi gumanitariyaga kirish uchun nemis tili topshiriladi, texnik yo’nalishlar uchun esa – nemis tili va matematika. Studienkolleg ni yakullagandan so’ng Feststellungsprüfung nomli imtixon berishadi.

‼️Feststellungsprüfung – bu kurs davomida o’tilgan fanlar bo’yicha imtixon.

O’z vataningizdagi universitetdagi ikkinchi kursni yakullaganingizdan so’ng, Germaniyadagi VUZlardagi birinchi kursga imtixonsiz kirishingiz mumkin!

**Ammo, ba’zilarida studentlar imtihon berishligisiga ham to’g’ri keladi, agar, masalan, bu sport, musiqa va boshqa shunga o’xshash yo’nalishlar bo’lsa.

Kirish uchun asosiy talablar:

To’g’ri kirish uchun (ikkinchi kursdan so’ng) – o’rta ta’lim haqidagi atestat nusxasi, nemis tilidan test С1 – Test DaF, DSH, Deutsche Sprachdiplom saviyasida (agar dastur ingliz tilida ham mavjud bo’lsa – IELTS, TOEFL).
Maktabni yakullagandan so’ng kirish uchun – o’rta ta’lim haqidagi atestat nushasi, baxolar tabeli, B1/B2 saviyasidagi nemis tili, Studienkolleg ni muvaffakiyatli tamomlaganligi (Feststellungsprüfung imtixonini muvaffakiyatli berilishi).

Shunda sizga 400ta Germaniyadagi VUZlar eshiklari ochiladi! Porloq kelajagingizni hozirdan qurishni boshlang!
Xurmatli o’quvchilar, kanalimiz rivojlanishiga yordam bering. Shu kanalni yaqinlaringiz bilan o’rtoqlashing.

Savollar bilan: @brothersuz_admin

⚜Xurmat bilan, Brothers.Uz jamoasi.⚜
@brothersuz