IELTS Birinchi Martta Topshirish Bo’yicha Qo’llanma, Maslahatlar

🔊Birinchi Marotaba IELTS Topshirayotganlar uchun Maslahatlar🔊

Salom. Bugungi yozuvimiz, IELTS topshirish bo’yicha maslahatlar to’g’risida. IELTS ni birinchi marotaba topshirayotganlarda tug’iladigan hamma savollarga, Brothers.Uz jamoasi mutahassislari javob berishga harakat qilishadi.
🔥Mahamat:

🎓 Boshlovchilar uchun IELTS Strategiyasi:

1 Qadam: IELTS nimaligini Bilish

Agarda siz, IELTS nimaligini v anima uchun kerakligini bilmasangiz, bizning saytimizga (Brothers.Uz) yo’ki kanalimizga (@brothersuz) kirib o’qib chiqishingiz mumkin. (Tepadagi Yozuv)

2 Qadam: Qanday ball sizga kerakligini aniqlang

IELTS Sertifikati kerak bo’lgan ishga yo’ki o’qishga kirmoqchi bo’lsangiz, birinchi bo’lib, qaysi ballar talab qilinishini bilib oling. Bundan tashqari IELTSni qaysi turi kerakligini ham (Academic yo’ki General).

3 Qadam: IELTSga kurni tanlash yo’ki mustaqil tayyorlanish

Endi bo’lsa sizga kerak bo’lgan ballga ega bo’lishiz uchun, yahshilab tayyorlanishingiz kerak bo’ladi. Siz IELTSdan turli kitoblar orqali mustaqil tayyorlanishiz mumkin. Ammo, repetitorga borgangan ko’ri buni samarasi kamroq bo’ladi. Agarda, repetitorga borishni istasangiz, Brothers.Uz jamoasida IELTSdan malakali domlalar bor. Istalgan vaqtingiz +998911334623 raqami bilan bog’laning.

4 Qadam: Imtihonga yozilish

Qachon?

Aniq ma’lumotni British Councildan aniqalsh kerak. Ma’lumotlar har yili o’zgaradi.

Qayerda?

Toshkentdagi British Council da. Mo’ljal: TeleMinora, Biznes Markazi, AquaPark, Disney Land

IELTS nechi pul?

IELTS narxi dunyo bo’ylab $190 dan $400 gacha. O’zbekistonda esa taxminan 600 – 700 ming so’m. To’lovni next, yo’ki terminal orqali amalga oshirish mumkin.

5 Qadam: IELTSni birinchi marotaba topshirish

Ko’plar birinchi marotaba topshirganda juda dovdiraydi va hayajonlanadi. Shu sabab kam ballga ega bo’lishadi. Hayajonmaslikga harakat qiling, va eng yahshisi, yaqin do’stingiz bilan topshiring.

🎓Endi bo’lsa IELTS ga MUSTAQIL tayyorlanish bo’yicha 5ta Maslahat:

1 Maslahat: Kuniga tayyorlanish uchun kamida 2-3 soat ajrating.

2 Maslahat: Tallafuzingizni to’grilash uchun, ingliz tilida kinolar va seriallar ko’ring. Brothers.Uz saytida, TOP 10ta eng zo’r inglizcha seriallar va kinolar jamlanmasi bor. Kirib ko’rishingiz mumkin.

3 Maslahat: Uyda ham, Do’stlaringiz bilan ham, Miyyangizda ham faqatgina ingliz tilida gaplashishga harakat qiling.

4 Maslahat: Internetda ham faqatgina inglizcha saytlarga kiring. Tushunmaga so’zingiz bo’lsa, tarjimon dasturlar bilan tarjima qiling va eslab qoling. Tarjimon dasturlarni har doim telefoningizda olib yurish maslaht beriladi.

5 Maslahat: Turli Interaktiv dasturlar orqali o’rganib ko’ring.
Agar sizda ingliz tilini o’rganish zerikarli tuyilayapgan bo’lsa, har hil interaktiv dasturlar, va kurslar orqali o’rganishga harakat qiling. Shu yo’lni tanlaganlarga, Brothers.Uz jamoasi Dastur.Uz sayti bilan hamkorlikda, Ingliz tilini O’rganish uchun Dasturni taqdim etadi. “Learn by Heart” dasturi orqali, siz ingliz tilini mustaqil, kompyuter orqali op’rganishingiz mumkin. Kompyuter tayyor iboralarni gapiradi siz ularni yod olasiz, qaytarasiz, va maxsus “TEST” bo’limi orqali tekshirishingiz ham mumkin. Biz bilan Bog’laning: +998911334623

❤️ Yozuvni ohirida, sizlarga IELTS topshirishni eng kata sirini ochaman. Bu sir quyidagicha:
Sizga qanday ball zarur bo’lsa, undan bir ball ko’prog’iga tayyorlaning. Shunda, maqsadingizga yetishingiz aniq.

❓IELTS topshirish bo’yicha savollariz bo’lsa, @brothersuz_adminbot administratorimizga yozishingiz mumkin. Administratorlarimiz sizga javob berishadi.

⚜Hurmat bilan Brothers.Uz jamoasi⚜

@brothersuz – Bizning Telegram Kanalimizga A’zo Bo’ling