Koreyada 100% Grant va Har Oyli Stipendiya

Assalomu Alaykum. Hozirgi paytda, juda ko’p yoshlar Koreyada o’qish bilan qiziqib yurishipti. 20 – 30 odamlar, mendan, Koreyaga grant olish va u yerga ketish to’g’risida yozishimni so’rashyapti. Shuning uchun, men shu mavzuga oid ma’lumotlarni qidirishni boshladim, ammo natija meni qoniqtirmadi. Deyarli, foydali ma’lumotlar yo’q ekan. Shunda bir – ikki oy o’tgach, internetda bir yigit bilan tanishib qoldim. Uning ismi Saken Kenjegulov egan. U Kozog’istondan edi. U aytishicha, u 2 yildan beri Koreyada Grantga o’qiyapgan ekan. Shunda men, Brothers.Uz sayti va @brothersuz kanali uchun, maxsus intervyu olishga qaror qildim. Quyidagi sahifada, do’stim Sakenning menga aytgan gaplari. Marhamat:

@brothersuz

Unist institutiga kirgan hamma, avtomatik tarzda grant olishadilar. Kontraktga kirgan yo’ki butunlay kiraolmagan degan narsalar u yerda yo’q. Ammo grantni yo’qotish mumkin, yo’ki yarmini, yo’ki butunlay. Baxolaringizga bog’liq. Grantni yo’qotmaslik uchun, oldingi semesterdagi o’rta baxoingiz ko’rsatilgan baxodan pas bo’lishi kerak emas. Birinchi kurslar uchun 2.0 dan baland. Undan kattalarga qiyinroq, to’liq grant uchun 3.3 dan baland, yarim grant uchun – 2.7 va 3.3 o’rtalari. 2.0 dan pastlari grantni yo’qotishligisi mumkinligi haqida ma’lumotnoma olishadilar, ma’lumotnomalar soni ko’rsatilgan sondan oshsa, institutdan haydalaniladi. Xullas, o’qishga to’gri keladi. Grant 8 semestrni qoplaydi. Agarda siz 8 semestr tashqari yana darslar olmoqchi bo’lsangiz pul to’laysiz.

Tepada aytib o’tilgan grantga, faqat o’qish kiradi. Bu degani – turar joy, oziq-ovqat va ketish uchun biletlarga o’zimiz to’laymiz. Yotoqxonaga, 1 semestr uchun (16 hafta) 600 dan 800 dollargacha ketadi (yotoqxona turiga qarab). U yerda 3 hil yotoqxona turlari bakalavrga, 2 yo’ki 3 ta magisterlarga va doktorlarga bor. Narxiga qarab, yotoqxona kattaligi va qulayligi o’zgaradi. Oziq-Ovqatlarga 100 dollardan ko’p pul ketadi (sizning ishtaxangizga qarab). Bu yerda turish qimmatroq ekan desa ham bo’ladi. Ammo, oldingi semestrdan boshlab, 300.000 koreya von (taxminan 280$) oyli stipendiyalar berila boshlandi. Bu stipendiya har oy sizning hisob raqamingizga 4 yil davomida yig’ilib boradi. Xattoki, Koreyada bo’lmasangiz ham. Albatta, buning uchun yahshi baxolarga o’qish kerak. Agarda siz xalqaro olimpiadalarda qatnashib nufuzli o’rinlarga ega bo’lgan bo’lsez, sizga “maxsus” Global UNI-Star nomli stipendiya taqdim etiladi. 500.000 von bronza uchun va 800.000 von kumush va oltin uchun.

Yana kampus ichida ishlashingiz ham mumkin (agar kiraolsangiz). Ish xaqqi, qayerda ishlashingizga qarab o’zgaradi. 7000dan 10 000 vongacha.

O’qish jarayoni haqida qisqacha ma’lumot:

Onson bo’ladi deyaolmayman. Ahir bu Koreya, sizni bu yerda anchagina qiynashadi . Bu yerda sizni mehnatga o’rgatishadi. Birinchi yil siz fundamental fanlarni o’qiysiz, oliy matematika, fizika, kimyo va biologiya. Faqatgina birinchi kursni ohirida, siz fakultet tanlashingiz mumkin. Bu degani, kelajakda kim bo’lishingizni o’ylashingiz uchun sizda 1 yil vaqt bo’ladi.

Bitirish uchun nima qilish kerak?:

Injenerlar 135 kreditlarni yakulashligisi kerak, biznesmenlar esa 134. Yana ingliz tilidan test berish kerak bo’ladi, TOEFL yo’ki IELTS. Natijasi ko’rsatilgan sondan baland bo’lishi kerak. Aniq sonini bilmayman. Agarda siz bu testlarni berib bo’lgan bo’lsangiz, sertifikatlarni topshirasiz va hech nimadan xavotir olmasangiz ham bo’ladi. Yana 3ta praktika kreditlarini va 8ta Leadership Program kreditlarini tugatshingiz kerak. Bunday dasturlar juda ko’p va ular har-hil, ularni ba’rini maqsadi – sizni har tomonlama rivojlantirish. Masalan, o’q-yoydan otishni o’rgatadiga, Ulsan tarixiy joylarini ko’rsatadigan va birinchi yordam ko’rsatishni o’rgatadiganlari ham bor. Siz o’zingiz tanlaysiz. Bitta o’tilgan dastur uchun 2ta kredit beriladi.

Vohli bitirish ham mumkin, ya’ni 4 yil ichida bitirish. Lekin buning uchun o’rta baxoingiz 3.3dan past bo’lishi mumkin emas.

Endi bo’lsa biz haqimizda:

Siz taxminan kimlarni bu yerga olishligisi haqida bilishingiz uchun. Bir hillarda, kirish imkoniyati umuman yo’q deyapganim yo’q. Imkoniyat har doim bor. Bizning sonimiz 50ta odam. Keljakda 100taga oshirishmoqchi. Yaqinda, mening yaqin do’stim Erasil, Kozog’istonlik studentlar ichida test o’tkazdi. Mana Test natijalari:

42ta studentdan 17tasi xalqaro olimpiadalarda o’rin olishgan.

29tasi, davlat fan olimpiadalarida o’rin olishgan.

13tasi SAT1 va SAT2 topshirgani xaqida sertifikatga ega.

37tasi (bu 88%) IELTS yo’ki TOEFL topshirishgan.

Va faqatgina bitta odam, hech qanday sertifikatlarsiz kirgan.

Ko’rib turganingizdek, har oltinchi odam ingliz tilidan sertifikat orqali kirishgan.

Yildan yilga, ko’plab odamlar UNIST to’g’risida bilishyapti. Bu degani yildan yilga kirish qiyinlashib boraveradi. Bu fakt. Ammo imkoniyatni qo’ldan boy bermang. Natija bar biram ikki hil bo’ladi: kirasiz yo’ki kirmaysiz. Agar hech nima qilmasangiz keyinchalik afsuslanishingiz mumkin.

Keling endi Xujjatlarni Topshirish jarayonini ko’rib chiqamiz.

Oldindan aytib o’taman, men 2014 yillarda kirganman, shuning uchun hozirgi ma’lumot va jarayon boshqacha bo’lishi mumkin. Shuning uchun sizlarga, shu universitetni rasmiy saytiga havolalarni ham yozaman.

Agar siz Bu Havolaga kirsangiz, “Admission Guidelines” ni ko’rasiz. O’sha yerga bosib quyidagini ko’rasiz:

U yerda oldin shunday yozilgan edi, hozir o’zgargan bo’lishi mumkin: online-application 16 fevralda boshlanadi va 13 martda yakullanadi. Xujjatlarni pochta yo’ki tanishingiz orqali topshirishingiz kerak. Xujjatlarni ko’rib chiqish aprel boshi va mayni ohirigacha bo’ladi. Javobar 11 iyunda chiqgan edi. Menga xat kelgan, lekin sayt orqali ham tekshirishingiz mumkin.

Kirishingiz uchun siz maktabni yo’ki kolledjni bitirgan bo’lishingiz kerak. Ota-Onangiz Koreya fuqarosi bo’lishligisi mumkin emas. Qancha student olinishi ko’rsatilmagan, va natijalarga qarab o’zgarishi mumkin.

Tepada checklist ko’rsatilgan. Bu ro’yhatga qarab, hamma kerakli xujjatlarni yig’dingizmi tekshirishingiz mumkin. Batafsil tushuntirib beraman:

1) Tekshirish uchun checklist

2-6) Bular haqida o’ylashga hali vaqt kelmadi, birinchi online-application boshlanishini kuting.

7) Koreya fuqarolari uchun

8) Sizning rasimingiz, 3×4 yo’ki 3.5×4.5, menimcha farqi yo’q edi, (aniq eslaolmayman)

9) Hozirgi paytda hamma sizda bor bo’lgan tabellar, 10-11 sinflar uchun ham. Yana 9 sinf diplomini ham berish mumkin.

10) Attestat, agar yo’q bo’lsa, oddiy ularga hali sizda yo’qligini ayting.

11) Pasport nusxasi.

12) Ota-Onangizni passport nusxaligisi.

13) Sizning ota-onangiz sizing ota-onangizligini tasdiqlovchi xujjat . Men tug’ilganlik xaqida guvohnomaning nusxasini topshirganman.

Kegin qo’shimcha xujjatlar:

14) Har hil musobaqalardan 5tagacha diplomlar.

15) Ingliz tilidan sertifikatlar.

16) Maktabning yakkulagandan so’ng o’tiladigan testdan guvohnoma. Menda ENT edi, ammo u ro’yhatta yo’q. Agar siz o’tgan test ro’yhatta bor bo’lsa, guvohnoma nusxasini topshirishingiz kerak bo’ladi.

17) SAT ga o’xshagan testlar guvohnomasi.

18) Maktabingiz profili. Maktabingiz haqida ma’lumot berilgan xujjat.

Hamma xujjatlar ingliz tilida bo’lishi zarur. Ingliz tilida bo’lmagan xujjatlarni tarjima qildirish va notariusga ko’rsatish kerak bo’ladi.

Bu jarayonning ro’yhati. Bu yerda nima va qanday qilish kerakligi yozilgan. Saytda ro’yhattan o’tish. Kerakli bo’lgan xujjatlarni tayyorlash, to’ldirish va chop ettirish. Tepada ko’rsatilgan manzilga jo’natish. Intervyu bo’lishi mumkin, agar bo’lsa sizga vaqt va sanani aytishadilar. Kegin javoblarni kutsangiz bas.

Menimcha tushunarli qilib yozdim. Bunchalik uzun bo’lib ketadi deb o’ylamagan edim. Brothers.Uz jamoasiga omad!

Xullas, shu bilan Saken bilan suhbatimiz o’z nihoyasiga yeti. Brothers.Uz administratori sifatida, unga katta minnatdorchilik bildiraman.

Xurmat bilan Brothers.Uz jamoasi

@brothersuz