Koreyada Grant (100% Stipendiya + Turar Joy)

Grant Nomi: Koreya Government Scholarship Program
Dedlayn: Yo’q
Grant: 100% Stipendiya
Qachon: Har Yili
Qayerda: Koreya Respublikasi

Ta’rif:

Koreya Respublikasi, Koreyada bakalavr, magistr darajalariga ega bo’lmoqchi o’zbek va boshqa millatliklar uchun stipendiya taqdim qildi. Dasturning bosh vazifasi – O’zbekiston bilan munosabatni yaxshilash, va malakali studentlarni Koreyaga Olib Kelish.

Bakalavriat Uchun 170 odamga, Magistratura va Aspirantura uchun esa 700 ta odam stipendiyaga ega bo’ladi.

Stipendiya Quyidagilarni Qoplaydi:

  • Vatandan Koreyaga Avia Uchishni
  • Yashash uchun studentga 800,000 KRW beriladi
  • Ta’lim Narxini (Kontraktni Butunlay Qoplaydi) (Bepul O’qish)
  • Birinchi marotaba Koreyaga Kelgan studentlarga qo’shimcha 200,000 KRW
  • Ta’limni ohirida to’lanadigan grant – 100,000 KRW
  • Koreys Tilini O’rganish Uchun Kursni
  • Sog’liq Sug’urtasini
  • Koreys tilini biladigan studentlar har oyi qo’shimcha 100,000 KRW olishadi

Talablar:

  • Student va uning ota onasi koreys bo’lishi kerak emas
  • Student sog’lom bo’lishi kerak
  • Bakalavriatga topshirgan studentlar 25 yoshdan katta bo’lishligisi kerak emas
  • Magistartura yo’ki aspiranturaga topshirganlar 40 yoshdan katta bo’lishi kerak emas
  • Bakalavriatga topshirayotganlar 11 sinfni tugatgan bo’lishligisi, magistarturaga topshirayotganlar esa bakalavriatni yakulaganini tasdqilovchi diplomga ega bo’lishligisi kerak
  • Student GPAsi 80% kam bo’lishi kerak emas
  • Agar student koreys yo’ki ingliz tilini a’lo bilsa, stipendiyaga ega bo’lishiga imkon ko’proq

Bakalvriyatga arizalar sentabrdan oktabr-noyabrgacha qabul qilinadi.

Magistartura, Aspiranturaga arizalar fevraldan mart-aprelgacha qabul qilinadi.

Ariza Qanday Topshirish Kerak?

  1. Student barcha talab qilinadigan xujjatlarni o’z vatanidagi yo’ki qo’shni davlatdagi Koreya elchixonasiga topshirishi kerak bo’ladi.
  2. Elchixona ma’qul kelgan studentlarni tanlashadi va National Institute for International Education ga yuborishadi. Ular esa kimga stipendiya berishni hal qilishadi.
  3. Elchixona orqali ariza topshirgan bo’lsangiz, sizning arizangizni Koreyadagi BARCHA UNIVERSITETLAR ko’rib chiqadi. Ulardan, biriga bo’lsa ham kirgan bo’lishingiz kerak. (Aniq)

Bog’lanish:

Telefon: 82-2-3668-1389
E-Mail: kgspniied@korea.kr va kgspniied@korea.kr

Barcha savollaringizni Rus Tilida quyidagi E-Mailga jo’natishingiz mumkin: webmaster@studyinkorea.go.kr

O’zbek Tilidagi savollaringizni Koreyaning O’zbekistondagi E’lchixonasida so’rashingiz mumkin.

Hurmat Bilan Brothers.Uz Group