Qanday qilib hech qanday pul tikmasdan chet ellarda o’qish mumkin

MIT yakkulagan va chet ellarda o’qish boýicha mutaxassis Aleksandra Konisheva, Brothers.Uz uchun maxsus, qanday qilib katta pul tikmagan holda chet elda o’qish mumkunligi haqida maqola yozdilar.

O’qish uchun qaysi shaxarni tanlash kerak

O’qish uchun shaxar tanlash avvalo siz qaysi tilni yahshi bilishingizga bog’liq.

Agar siz ingliz tilini yaxshi bilsangiz, sizga Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya va Yangi Zellandiyadagi oliygohlarga yo’l ochiq deb hisoblasa ham bo’ladi.

Ammo, faqatgina ingliz tilini bilsangiz, masalan Frantsiya yo Italiyaga borishni maslahat bermayman. Xattoki vuzlarda chet elliklar uchun maxsus inglizcha yo’nalishlar bo’lsa ham. Chunki siz u yerlarda student hayotidan yiroqlashib qolasiz – bu degani, boshqa ma’ruzalarga qatnaolmaysiz, universitet hodimlari bilan muloqot qilaomay qolasiz.

O’qish uchun shaxar tanlayapganingizda, yana bir savolga ahamiyat berishingiz kerak bo’ladi: o’qishdan so’ng u yerda ishlash uchun qolishni istaysizmi.

Ko’p davlatlar malakali ishchilarga muxtoj. Shuning uchun, o’sha davlatlarda siz diplom olganingizdan so’ng bemalol ishlashingiz mumkin.

Masalan, AQSHda Optional Practical Training degan narsa bor, bu degani siz diplom olganingizdan so’ng, bir yil o’sha yerda yashagan holda ish qidirishingiz mumkin. Gollandiyada ham Job Search Year huddi shunday ishlaydi. Avstraliyada diplom olgandan so’ng uch yil ish qidirishga vaqt beriladi. Farantsiyada – yarim yil. Buyuk Britaniyada esa o’quv viza tugagunicha yashash mumkin, bu degani ish qidirishga deyarli umuman vaqt qolmaydi. Agar siz Oksfor yo Kembridj ga kirmoqchi bo’lsangiz – buni nazarda tuting.

Qaysi vuzni tanlash kerak?

Masalan Kembridj va Oksfordni, Buyuk Britaniyada hech-qachon bo’lmagan inson ham biladi. Ammo dunyo faqatgina amerikancha mashxur vuzlardan iborat emas. Shunday qilib, qaysi vuzni tanlash kerak? Bu savolga javob topishga xalqaro vuzlar reytinglari yordam beradi.

Xalqaro vuzlarni eng mashxur reytinglari:

· Times Higher Education; (http://www.timeshighereducation.co.uk/world-university-rankings/)

· QS Ratings; (http://www.topuniversities.com/university-rankings/world-university-rankings)

· Shanghai Ratings; (http://www.shanghairanking.com/ARWU2012.html)

· U.S. Ratings. (http://www.usnews.com/education/worlds-best-universities-rankings)

Bu reytingdagi aldamasligi turgan gap, shuning uchun o’zingizga yoqgan vuzni tanlang (eng yahshisi bir-nechtasini – hech bo’lmaganda biriga kirish uchun). Top-50 va xatto top-100 ga kirgan xalqaro vuz ham – yaxshi ta’limni garantiyasi.

Qanday qilib chet eldagi vuzlarga xujjatlarni topshirish kerak?

Chet eldagi vuzlarda kirish uchun test degan narsa yo’q. Ularga xujjatlar to’plamini xat yo’ki e-mail orqali yuborishingiz kerak. Anánaviy xujjatlar to’plamiga (har-hil davlatlarda har-hil bo’lishi ham mumkin) quyidagi narsalar kiradi: ona yurtingizdagi diplom nushasi, rasmiy til tekshiruv testlar natijalari (IELTS, TOEFL, DALF), sertifikatlangan ekzamenlar (GRE yo’ki GMAT), shuningdek 2-4ta tavsiya qiluvchi xatlar, rezyume va motivatsion (o’zingiz to’grisida eng yahshi ma’lumot va intilishingiz naqadar kuchliligi haqida) xat.

Motivatsion xatga eng katta e’tibor berishingiz kerak bo’ladi, chunki aynan u orqali, siz haqingizda birinchi taasurot qoladi.

Men motivatsion xatingizni avvalroq tayarlab qoýishingizni maslahat qilaman. Chunki mashxur vuzlar birgina xato tufayli sizni olishmasligi mumkin.

O’qishga qayerdan pul olay?

Chet elda o’qish – qimmat ish. Chunki u yerdagi kunli xarajatlar va arenda puli ham bor. Shularni hammasizga qayerdan pul toish kerak?

Ko’p davlatlarda pul topishni o’zi ham kerak emas!

Ba’zi davlatlarda, ayniqsa evropadagi, xatto chet elliklar ham bepul ta’lim olishi mumkin. Masalan, Chexiyada (lekin, ta’lim chexiya tilida o’tilishi shart ) , Germaniyada, Avstiyada va boshqa.

Bu haqida oldinlari ham yozgan edik.

Boshqa hollar uchun – stipendiyalar mavjud. Ularni olish juda qiyin albatta, lekin hammada imk

oniyat bor. Stipendiyalar haqida to’liq ma’lumotni universitetni rasmiy saytidagi «Финансовая помощь» bo’limida topishingiz mumkin. Shuningdek, hamma vuzlarni stipendiyalari haqidagi ma’lumotlarga ega saytlar ham mavjud – masalan Scholarships-links.com (http://scholarships-links.com/). Ko’rib turganingizdek, intilish bo’lsa bas – stipendiya ham topiladi.

Shu va boshqa qiziqarli sahifalar har hafta, bizning Telegram dagi rasmiy kanalimizda: @brothersuz

Xurmat bilan Brothers.Uz sayti jamoasi.

@brothersuz

‘Master WordPress’ – 3 Kun Ichida Professional Sayt Yaratish