Tokiyoda Bepul O’qish (100% Grant)

Assalomu alaykum, Brothers.Uz sayti va kanali o’quvchilari. Ohirgi yozuvimizdan anchagina vaqt o’tib ketdi. Va mana yana biz, yangi qiziqarli ma’lumotlar bilan. Bugungi yozuvimizda Yaponiyada qanday qilib bepul o’qish to’g’risida ma’lumot berib o’tib o’tamiz.

Tokiyo Universitetida Stipendiya

Tokiyo universiteti har yil Graduate School of Science dasturida magistarturaga topshirganlarga stipendiya taqdimqiladi. Yaponiyada yashamaydigan, chet elliklar bu stipendiyaga ega bo’lishi mumkin.Stipendiya butun o’quv vaqtiga mo’ljallangan, va oyiga taxminan 150 000 iyendan tashkil topadi. Bu AQSH dollarida taxminan 1 300 dollar bo’ladi. Ta’lim, maksimum 5 yil bo’lishi mumkin. (2 yil magistartura va 3 yil aspirantura)

O’qishga va stipendiyaga eg bo’lish uchun arizalar bir vaqtda topshirilishi kerak. Stipendiyaga ega bo’lishni istaganalar, siz o’qishni tugatgan universitetdan maslahat xatini taqdim e’tishi kerak. Bu stipendiyaga arizalar qabuli 2018 yil 1 mayda tugagan, ammo bu stipendiya har yili taqdim e’tiladi. Yaani, 2019 yil ham ariza topshirishingiz mumkin.

Batafsil Ma’lumot: https://www.s.u-tokyo.ac.jp/en/admission/pdf/H29/GSSScholarship_2018_en.pdf

Hurmat bilan Brothers.Uz jamoasi