1001ta Grant: Chet Elda Bepul O’qish

– Aytishingcha, sen u yerda tekinga o’qidingmi?


– Bundan tashqari, ular menga bu uchun pul to’lashdi.

Shu bilan mening tengdoshim bilan so’zlashuvimiz boshlandi. U yerda – bu AQSH. Amerikadagi vuzlarning birida, Valentin (do’stimning ismi) bir semestr o’qib keldi. U yerda takrorlanmas til praktikasiga, chet ellik do’stlarga, o’zining mutaxasisligi bo’yicha bilimga, va kursni tamomlaganini tasdiqlaydigan diplomga ega bo’ldi.

Hammasiga sabab GLOBAL UGRAD nomli dastur. Bu dastur har yili studentlarni bir semestrga chet elga yuboradi. Bu imkoniyatga faqat yahshi o’qiydigan va liderlar (sportsmenlar) ega bo’lishligisi mumkin. Ingliz tilini a’lo darajada bilish kerakligi haqida gapirmasa ham bo’ladi.

Qanday Qilib Grantga ega Bo’lsam Bo’ladi

Aslida bunday stipendial dasturlar juda ko’p. Deyarli barchasi quyidagidaka sinovga ega.

Birinchisi – buyurtnoma topshirish. Sen hamma a’lo ishlaringni eslashing va ular haqida iloji boricha tushunarli yozishing kerak bo’ladi. Shuningdek, xujjatlar yig’ish kerak.

Birinchi bosqichdan o’tganlarga, xalqaro ingliz tili imtihonlaridan birini topshirish va organizatorlar bilan suhbatdan o’tish kerak bo’ladi.

Endi bo’lsa eng xayajonli bosqich – javobni kutish.

Brothers.Uz jamoasi juda katta grantlar, stipendiyalar ro’yhatini tuzdi.

Xalqaro Stipendiya Dasturlari:

Ersmus Mundus Dasturi (http://eacea.ec.europa.eu/erasmus_mundus/programme/action1_en.php) – evropa moliyalashtirish dasturi. Studentlar, aspirantlar, va vuz ishchilariga, ta’lim olish uchun, ilmiy izlanish yo’ki dars o’tish uchun individual stipendiyalarni taklif etadi.

DAAD (http://daad.ru) – yiliga 100 000 stipendiya taqdim etadigan Germaniya dasturi.

Campus France (http://campusfrance.org) – frantsiya o’quv sistemasini globallashtirishga mo’ljallangan dastur.

Agar aynan Oxford da o’qishni istasangiz, Hill Foundation Scholarship (http://hilfoundationshcolarships.org) – Oxford da o’qish uchun.

OAD (Avstraliya) (http://oead.ac.at) – O’qish uchun stipendiya olish imkoniyatlari mavjud.

Sweden Institute (http://si.se) – Shvetsiyada o’qish uchun stipendiya va grantlar taklif etadi.

Vanier Canada Graduate Scholarship (http://vanier.gc.ca/en/home-accueil.html) – 3 yil davomida Kanadada o’qish uchun 50 000 dollarlik grant.

Aynan bitta vuzda o’qishni istaysizmi?

Unda o’sha vuzni rasmiy saytiga kiramiz va “Scholarship” bo’limini qidiramiz (boshqacha yoziligan bo’lishi mumkin, ammo qidiruv formasida aynan shu so’zni yozgan maqqul).

Brothers.Uz jamoasi har yili sizga o’xshagan intiluvchan studentlarni qabul qiladigan vuzlarni taqdim etadi. Buyuk Britaniyadan boshlaymiz.

Buyuk Britaniya Universitetlari

University of The Arts London (http://arts.ac.uk) har yili juda ko’p stipendiya va grantlar taqdim etadi, chet elliklar uchun ham.

Cardiff University (http://cardiff.ac.uk/for/prospective/international/funding/international-scholarship-fund.html) chet ellik a’lochilarni tan oladi va har yili stipendiya va grantlar taklif etadi: bakalavriat, magistratura, doktorantura.

University of Westminster (http://westminster.ac.uk) har hil stipendiyalarni taklif etadi. Ular o’qishni va xattoki boshqa xarajatlarni ham qoplaydi.

Sheffield Hallam University (http://shu.ac.uk) chet ellik studentlar uchun magistratura va bakalavriatga stipendialar.

London Metropolitan University (http://londonmet.ac.uk) magistraturada o’qish uchun chet ellik studentlarga stipendiya taklif etadi.

Boshqa Evropadagi Universitetlar

Hague University (http://thehagueuniversity.com) Niderland da – har yili 54ta 5000 evrolik stipendiya taklif etadi.

Bocconi University (http://unibocconi.eu) – Italiyadagi universitet, a’lochi chet ellik studentlarga grantlar. Bu degani chet ellik boy bo’lmagan a’lochi o’quvchilar u yerda hech qanday harajatlarsiz o’qishligisi mumkin.

AQSHda o’qish Uchun Grantlar

Harvard University (http://hls.harvard.edu) – Mashxur amerikadagi vuz chet elliklar uchun stipendiya taklif qila boshladi!

University of the People (http://uopeople.edu) – dunyodagi birinchi ONLINE UNIVERSITET. Ta’limni chet elda olmasangiz ham, amerika diplomiga ega bo’lasiz.

Shuncha imkoniyatlar borligida, uyda o’tirmang, o’z kelajagingizni o’zingiz quring!

Xurmat bilan Brothers.Uz jamoasi

@brothersuz