Majburiy va Pullik Imtihonlar, Yangi Forma va boshqa Abiturientlar Uchun Yangiliklar

Abiturientlar uchun Maxsus Sahifa

O’qish Sistemasi va Abiturientlar Qabul Qilish Jarayonidagi Barcha Yangiliklar va O’zgarishlar Haqida Batafsil.

Salom. Ozgina texnik noqulayliklar tufayli Brothers.Uz jamoasi yangi sahifalar joyla olmay qoldi. Lekin mana yana biz, yangi eksklyuziv sahifa bilan. Keyingi yili qanday imtihonlar topshiriladi? Nechta fandan Bo’ladi? Institutga topshirish pullik bo’ldimi? Maktab o’quvchilariga yangi forma e’lon qilindimi? Shu va boshqa, bizga o’quvchilarimiz yuborgan savollarga ushbu sahifada javob berishga harakat qilamiz. Qani ketdik:

1 Savol: Keyingi yil qanday imtihonlar topshiriladi?

Keyingi yil emas, bu yilning 1 apreligacha, yangi qonun ishga tushadi. Unga ko’ra abiturientlar 3ta davlat universitetlarga topshirishligisi mumkin. Hujjatlar topshirilayotganda, qaysi universitetga abiturient kirishni eng ko’p istayapganini ko’rsatishi kerak. Bu degani endi siz 3 ta davlat instituti va istaganingizcha nodavlat institutga topshirishingiz mumkin (Westminster va Singapur Universitetlari kabi). Agar, masalan, siz 3ta universitet ichida ko’rsatganlaringizdan birinchisiga kiraolmasangiz, va 2chisi bilan 3chisiga kirsangiz, 2chisiga kirgan deb hisoblanasiz va 3chi universitet hisoblanmaydi.

2 Savol: Hujjatlar qayerga beriladi?

Hujjatlar endi universitet orqali emas, davlat hizmatlari markazi orqali topshiriladi. Bu viloyatdagi fuqarolarga, topshirish qiyinchilik tug’dirmasligi uchun qilingan.

3 Savol: Qanday fanlarni topshirish shart? Qanday fanlar qo’shildi?

Davlat universitetiga topshirayotganda, 3ta topshirish shart bo’lgan fanlar qo’shiladi. Ular ichida Tarix, O’zbek Tili va Adabiyot. Aytishligisicha, savollar oson bo’lar ekan, shuning uchun havotirga o’rin yo’q.

4 Savol: Birinchi Yil Kiraolmasam, ikkinchi yil hujjat topshirish pullik bo’ladimi?

Ha. Birinchi yil topshirish bepul, keyingi yillar esa topshirish narxi – 1 minimal oylik narxiga teng (tahminan 200 ming).

5 Savol: Maktab o’quvchilariga yangi forma e’lon qilindimi?

Ha. Yangi majburiy forma e’lon qilindi. Ushbu formani faqatgina ota onalar sotib olishi mumkin va bu jarayonga maktab hodimlari aralashligisi umuman ta’qiqlanadi. Formaga narxni tekstil kompaniyalar, hozirgi bozordagi narxlarga asoslanib qo’yishadi.


Shu joyda hozircha to’htaymiz. Bu sahifaga qo’shishga sizda qiziqarli ma’lumot bormi? Yoki ta’limga oid savollaringiz bormi? Sahifadagi ma’lumotga qo’shilmaysizmi? Biz bilan Telegramda bog’laning: @jbaxtiyorov

Agar sizga ushbu sahifa yoqgan bo’lsa, va shunday sahifalarni ko’proq ko’rib turishni istasangiz, iltimos o’rtoqlringiz bilan ulashing.

Hurmat bilan Brothers.Uz jamoasi