Avstriya, Venada Bepul O’qish, Grant

Vena universitetlarida bepul ta’lim va boshqalar…

Barcha grantlar haqidagi saytlarda yozilishicha, MDX dagi (MustaqilDavlatlarXamdo’stligi) hamma fuqarolar, Vena universitetlarida o’qish butunlay tekin. Va bu mutlaqo to’g’ri. MDXdagi fuqarolar uchun Vena universitelarida o’qish 17 evro semester uchun. Ammo bu ham hali hammasi emas.

Ma’lum bo’lishicha, yil davomida kim yahshi baxolar ko’rsatsa, o’tilgan yil uchun to’lov qoplanar ekan. Bu degani, agar bepul o’qishni istasangiz, hammasi sizning qo’lingizda.

Yana bir yahshi xabar bor, MDX fuqarosi bo’lmaganlarga ham, Vena ta’lim olish juda arzonga tushadi – 380 evro semester uchun. Ammo, quyidagini bilish kerak: ta’limdan tashqari, turar joy, oziq-ovqat, tibbiy sug’urta , va yo’lkirani to’lashga to’g’ri keladi. Shuning uchun, Avstriyadagi birinchi o’quv yilingiz uchun kamida 9-10 ming evro olib ketishingiz kerak bo’ladi. Keyinchalik, u yerda ishlab, pul topsangiz ham bo’ladi.

Kirish Onsonligi

Avstriyaga o’qish juda qiyin deb o’ylaysizmi? Aksincha, u yerdagi universitetlar ancha onsonroq, boshqalarga qaraganda. Birinchida, Avstriyada kirish imtixonlarisiz kiriladi. Bir-gap bilan aytganda, MDXdagi oliy o’quv yurtida ikki yil o’qigan bo’lishingiz va vuzdan, keyinchalik o’qishni davom ettirishingiz mumkinligi haqida guvohnoma kerak. Bundan tashqari Avstriyadagi vuzlarga maktabdan kegin ham kirsa bo’ladi, ammo bunday xollar individual tarzda yechiladi va ko’pincha o’qimagan ma’lumotllaringizni qo’shmcha darslarda tiklashingizga to’g’ri keladi.

Shunday bo’lsa, bir savol tug’ilyapti. Kirish imtihoni yo’q bo’lsa, uch baxolarga o’qiydiganlarga umid ham qilmasa bo’ladimi? Aksincha, Avstriya hammaga imkoniyat beradi. Birinchi semestrda bir-ikkita imtihonlar bo’ladi, agar ularda student o’zini yahshi ko’rsata olsa, keyinchalik ham u yerda qoladi.

Nemis Tiliga Talablar Kichikligi

Siz nemis tilini umuman bilmasangiz ham kirishingiz mumkin. Lekin, qo’shimcha darslarda, nemis tilini o’rganishingizga to’g’ri keladi. Yana bir yaxshi xabar – Avstriya vuzlariga kirish xuquqini beradigan nemis tilidan test, DSH yo TestDaF larga o’xshab qiyin emas. Ammo, nemis tilini yahshiroq bilgan maqqul, bo’lmasa ustoz gapiryapgan narsalarni tushunishga qiynalib qolasiz.

Ta’lim Sifati

Sifat masalasiga kelsak, Avstriya vuzlari anchadan beri Evropa Top Vuzlari ichida o’rta o’rinlarda turishadilar. Agar Dunyo reytinglarini oladigan bo’lsak ham, Avstriya universitetlari Buyuk Britaniya va AQSH dan keyin turadi, ammo, ulardan ko’ra ancha arzonligi bilan ajralib turadi.

Savollar bilan: @brothersuz_admin

Xurmat bilan Brothers.Uz jamoasi