Bepul O’qish Mumkin Bo’lgan Evropa Davlatlari

Avstriya, Germaniya, Norvegiya va Chexia turli o’quv dasturlarni taqdim etadi, ko’pincha ular mutlaqo tekin. Va bugun Brothers.Uz jamoasi sizga shu imkoniyatlar to’g’risida so’zlaydi!

Chet elda o’qish bo’yicha eng katta stereotiplardaqn biri – bu chet elda o’qish qimmat dib o’ylash. Evropadagi ko’p davlatlar mutlaqo tekin yo’ki juda arzon o’quv dasturlarni taqdim etishini kamlar bilishadi.

Avstriya

Avstriyadagi ko’p davlat universitetlar chet elliklar uchun tekin o’qish taqdim etadi. Chet ellik studentlar faqatgina minimal administrativ soliqni to’lashligisi kerak bo’ladi (bir semestr uchun taxminan 300 evro). Bu qonun hamma o’quv dasturlarga oid. Avstriyada yashash uchun taxminan oyiga 800 evro ketadi.

Lekin bilishingiz kerak: Avstriyadagi universitetlarda o’qish faqatgina nemis tilida bo’ladi, shuning uchun u yerga borganingizda so’ng nemis tilini o’rgatuvchi kursni o’tishingiz kerak bo’ladi.

Magistraturani esa bemalol ingliz tilida o’tishingiz mumkin.

Germaniya

Ko’p Germaniya davlat universitetlari tekin o’quv dasturlarini taqdim etadi. Regionga qarab shartlar o’zgarishi mumkin. Bakalavriat va aspirantura tekin, ammo magistratura esa pulli. Shunga qaramasdan o’qish narxi Germaniyada eng arzonlaridan biri.Germaniyada bir oylik o’rta harajat 500 – 800 evro. Ko’pincha bu summa stipendiya orqali qoplanadi.

Germaniyada o’qish uchun huddi Avstriya kabi, nemis tilini o’rganishingiz kerak.

Chexiya

Chexiyaning davlat universitetlarida o’qish 100% tekin, chet elliklar uchun ham.

Diqqat! Faqatgina Chexiya davlat tilidagi o’quv kurslar mutlaqo tekin. Ingliz tilida ta’lim olishni istasangiz pul to’lashingiz kerak bo’ladi.

Lekin tushkunlikga tushish kerak emas! Chunki u yerda maxsus tekin Chexiya tilini o’rgatuvchi kurslar bor, kurs yakunida davlat testini berasiz va tekinga istagan o’qishingizga kirasiz. Brothers.Uz jamoasi Chexiyadagai Bepul Ta’lim Haqida batafsil ma’lumot yozgan. Bizning saytimizga yo’ki Telegramdagi kanalimizga (@brothersuz) kirib Chexiya deb qidirib ko’ring.

Norvegiya

Norvegiyadagi barcha universitetlar istagan dastur yo’ki yo’nalish uchun pul olinmaydi. Mutlaqo tekin. Ba’zi bir hollarda magistarturada o’qish uchun pul olinishi mumkin.

Diqqat! Norvegiyada bir py uchun kerak bo’ladiga o’rta narx boshqa evropa davlatlariga qaraganda qimmatroq. Yashashingiz uchun ko’p pul ketib qolishi mumkin!

Ammo yashash uchun stipendiya qo’lga kiritish imkoniyatingiz borligini unutmang!

 

Ushbu grantlar sizga yoqgan bo’lsa, grant qaysi davlat tomonidan taqdim e’tilyapgan bo’lsa, o’sha davlat elchixonasiga murojaat qilishingiz kerak bo’ladi. Brothers.Uz jamoasi abiturientlarni chet elga yuborish bilan shug’ullanmaydi!

Hurmat bilan Brothers.Uz jamoasi