Gretsiyaga Ketish Uchun Student Vizasi

Gretsiyaga Ketish Uchun Student Vizasini Olish

Brothers.Uz jamoasi Gretsiyaga ketish naqadar onson va qulayligi haqida yozgandan so’ng, juda ko’p odamlar, administratorlarimizga, turli savollar bera boshlashdi.

Shunday qilib, Gretsiya mavzusini davom ettiramiz. Bugungiz yozuvimiz, qanday qilib student vizasini olishga bag’ishlangan.
Bu sahifani o’qishdan avval Gretsiyadagi Oliy Ta’lim sahifamizni o’qib chiqishingizni maslahat beradi.

Gretsiyaga student vizasini olish bir nechta bosqichlarga bo’lingan, rad javobini olimaslik uchun, ularni iloji boricha e’tib berib o’tish kerak.

Gretsiya uchun Ta’lim Vizalarni Turlari

Gretsiyada ta’lim olishni istagan chet ellik studentlar, ikkita turli student vizalaridan birini olishligisi mumkin:

Qisqa vaqtli viza (C) – €35 evaziga, 1-4 haftagacha rasmiylashtiriladi, 90 kunga viza.

Uzoq vaqtli viza (D) – €120 evaziga, 1-8 haftagacha rasmiylashtiriladi, 1 yilga viza.

Qisqa vaqtli viza (C) – Gretsiyaga ketib, Konferentsiyalar, seminarlar, olimpiyadalar, musobaqalarda, MBA dasturlarida, til kurslarida va o’qishga tayyorlaydigan kurslarga qatnashmoqchi bo’lgan abiturientlarga beriladi. “C” turdagi vizalar bir-nechi marotaba qatnashga mo’ljallangan, va 90 kundan oshish kerak emas.

Uzoq vaqtli viza (D) – Gretsiyadagi ta’lim dasturlarida bakalavr, magistr yoki doctor darajasiga to’liq o’qimoqchi bo’lgan studentlarga beriladi. Student bir yilga viza oladi, va uni Gretsiyani o’zida ham uzaytirishi mumkin.

Gretsiya ta’lim vizasiga talab qilinadigan xujjatlar:

Qisqa Vaqtli Viza

Qisqa vaqtli viza olmoqchi bo’lganlar, e’lchixonaga beriladigan hamma xujjatlarni nusxasini olishligisi kerak bo’ladi.

Studentni shaxsiy ma’lumotlari berilgan, Gretsiyaga ketishni maqsadi, taklif qilgan shaxs yo tashkilotni ma’lumotlari berilgan anketa-ariza; @brothersuz tomonidan maslahat: Anketa-Ariza faqatgina bosma hariflar bilan yozilishi kerak (Lotincha), arizangiz ko’rib chiqilyapganda, yozuvingizni tushunmay qolmasligi uchun.

❗️Ikkita bo’sh betli Joriy chet ell pasporti.

❗️35×45 mm lik ikkita foto. Agar foto yo’q bo’lsa, xujjat topshirilayotgan yerda, rasmga tushishni taklif etishadi.

❗️Fuqarolik pasportni nusxasi.

❗️Viza uchun €35 lik to’lov haqida kvitantsiya.

❗️Butun o’qish vaqtiga Tibbiy sug’urta. Agar chet elda unga xatar bo’lsa, tibbiy sug’urta davolashni butunlay qopla olishi kerak. Sug’urta €30.000 dan kam bo’lishi mumkin emas.

❗️Gretsiyadan taklifnoma (Gretsiyadagi vuzga kirganlik xaqida xat yo’ki Gretsiyada o’tishi kerak bo’lgan kurslar xaqida xabarnoma, studentlik bileti).

Uzoq vaqtli viza

Studentlik viza olish uchun anketa.

❗️Kamida ikkita bo’sh betli chet ell pasporti va nusxasi.

❗️Abiturientni fuqarolik pasportini hamma aktiv varroqlarini originali va nusxasi.

❗️E’lchixonaga to’laganlik bo’yicha tasdiqlovchi varaqa (€120)

❗️Butun o’qish vaqtiga Tibbiy sug’urta. Agar chet elda unga xatar bo’lsa, tibbiy sug’urta davolashni butunlay qopla olishi kerak. Sug’urta €30.000 dan kam bo’lishi mumkin emas.

❗️Tashkilot yo ota-onadan (agar ular ta’limni to’lashsa) sponsorlik xujjat, yo Universitet yo stipendial fondan, yo buxgalteriyadan ota-ona kerakli miqdorda maoshga egaligi (aniq kerak bo’lgan miqdorni e’lchixonadan aniqlab olishingiz mumkin) xaqida ma’lumotnoma.

❗️Gretsiyadagi universitetda o’qish uchun Xat-Taklifnoma.

❗️Ota-onaning pasportini nusxasi (Agarda ota-onadan biri sponsorlik qilsa) va tug’ilganlik xaqida xujjat.

❗️35×45 mm ikkita foto.

❗️Studentni Gretsiyadagi taxminiy turar joyi (Yotoqxona, hotel, uy va boshqa).

❗️Agar student Gretsiyaga o’z mashinasida bormoqchi bo’lsa unga hamma xujjatlarni berishi kerak (Xaydovchilik guvohnomasi, sug’urta, texosmotrdan o’tganlik haqida xujjat).

❗️Sudlanmaganlik xaqida xujjat.

❗️Salomatlik xaqida xujjat.

Viza olish uchun arizani, o’qish boshlanshiga uch oy oldin bergan yahshi. Arizani tekshirish 2 dan 10 kungacha. Bir hillarida 30 kungacha ham cho’zilib ketishi mumkin.

Gretsiya Vizasini berishni rad e’tish sabablari:

Gretsiya hamma chet elliklarni qabul qilsa ham, rad javobini olishingiz ham mumkin. (Statistika bo’yicha 4% odamlar rad javoblarini olishadi). Bunga sabablar turli:

❗️Xujjatlar to’liq emas yo’ki noto’g’ri to’ldirilgan.

❗️Daroma

t kamlik qiladi.

❗️Sponsor yo shaxsiy bank hisobi yo’qligi.

❗️Shengen zonasidagi davlatlardan biri bilan janjal.

Gretsiyaga ketish uchun viza uchun foto:

Brothers.Uz tomonidan maslahatlar:

❗️Viza markazi faqatgina 35×45 mm lik rangli fotolarni qabul qilishadilar.

❗️Foto yangi bo’lishi kerak (6 oydan oldin bo’lishi mumkin emas)

❗️Shaxsni yuzi fotoni 70-80% egallab turishi kerak.

❗️Shaxs to’g’ri kameraga qarab turishi kerak.

❗️Qallpoq va ramkasi katta bo’lgan ko’zoynaklarda fotoga tushish man e’tiladi.

Ikkita bo’lib tushish ma’n e’tiladi.

❗️Fotoni aynan viza markazida olgan maqqul.

Qayerdan rasmiy ma’lumotni olsam bo’ladi?

Gretsiyaning Viza Markazining Rasmiy Sayti: www.greecevac-ru.com

☎️O’zbekistondagi Gretsiyaning E’lchixonasining telefon raqamlari:

+998 (71) 68-66-50

+998 (71) 68-52-49

+998 (71) 68-52-47

O’zbekistondagi Gretsiyani E’lchixonasini manzili: Toshkent, Pushkin Ko’chasi, 88.

Yozuvning ohirida, Gretsiyaga ketish uchun Student Vizasini nushasi, Viza uchun fotoni nushasi va studentlik vizasini olish uchun to’ldirilgan anketani nushalari berilgan.

Berilgan ma’lumot sizga oz bo’lsa ham yordam berishiga ishonamiz.

Xurmat bilan Brothers.Uz jamoasi

@brothersuz