Lingvohackerdan chet tillarini o’rganish bo’yicha maslahatlar

03084543-cover-04-630x315

Sizlarga Ekaterina Matveevadan yordam sahifasini tanishtirishdan mamnunmiz! Ekaterina – 7 ta til biladigan poliglot, xotira bo’yicha sportsmen, Euoropeonline maktabining yaratuvchisi, o’qituvchisi. Bugun Ekaterina Brothers.Uz o’quvchilariga  chet tillarini o’rganish bo’yicha kerakli maslahatlar bilan  bo’lishadi

Ekaterina xaqida kichik malumotnoma:

  • Ingliz, ispan, italyan, polskiy, Portugal, frantsuz va rus tillarini biladi
  • Nemis, Xitoy, Yapon, Turk, Xind va Tamil tillarini o’rganyapti
  • 6 ta shaharda yashab va o’qib kelgan
  • 6ta tilda asarlar yozib 6ta davlatlarda nashr etadi
  • Til o’rgatish bo’yicha o’zini super tez usulini yaratgan

Maslahatlar

O’zingiz uchun qiziq bo’lgan va soatlab gapirishingiz mumkin bo’lgan sohani, xobbini tanlang. Bu soha, xobbiga oid chet tillaridagi materiallarni o’qing, tinglang va ko’ring. Ushanda jarayon qiziqarli bo’ladi.

Chet tillarida gapirishni sevadigan odamni toping

U bilan faqatgina o’rganyaptgan tilingizda gaplashing. Siz o’rganyaptgan til u uchun ona til bo’lishi shart emas (chunki ko’plar ona tilida ko’p gapirishni yoqtirishmaydi, ularga qizig’i yo’q  bo’ladi) o’zingizga o’xshaganlarni toping. Qanday qilib? Oson! Skype, Facebook, Odnoklassniki va forumlar. Toping va muloqot qiling.

Kreativ bo’ling

Fikringizda so’zlar bilan o’ynang, ko’rib turgan hamma so’zlarni tarjima qilishga xarakat qiling. Kompaniya, reklamalar mahsulotlardagi so’zlarni tarjimasi sizni lol qoldirishi aniq.

Yozing

Boshingizdagi hamma fikrlarni yozing. Yon daftarcha tutib unga faqatgina chet tilida yozing. Bu yordam berishi aniq.

Chet elliklarni tomosha qiling

Ularni yurish-turishi, gapirish odoblari, qarashlari, har xil vaziyatdagi harakat va qiliqlarini tomosha qiling… va ko’chiring! Tasavur qiling: siz aktyorsiz, va chet elliklarni roli sizning sahnangiz. Bu harakat va qiliqlarni o’zlashtirguningizcha o’ynang.

Chet ellik musiqalarni eshiting

Chet ellik musiqalarni ko’proq eshiting, va albatta ulardagi gaplarni tushinishga harakat qiling. REP bu ish uchun ayni-muddo!

Gapirish va xatolar qilishdan qo’rqmang!

Va eng muhimi,  notog’ri gapirib qo’yishdan qo’rqmang. Hamma ham hato qiladi. Lekin shu hatoni bilib olib, boshqa qaytarmaslikka harakat qiling.

 

Tayyor frazalarni  (jumlalar) (to’g’ri tarjima qilinmaydigan gaplarni) yon daftarchangizga yozib yuring

Masalan: “I am only pulling your leg” (Men faqatgina jig’inga teyapman).

Bunday jumlalarni butunlayicha yodlab oling. Ular gapingizga chiroy qo’shadi.

Agar til o’rganish ishtiyoqi kamayib ketayotgan bo’lsa, Tezlashma lekin Tashlama ham

Va ohiri: O’zingizga ishoning!

 

Mashxur Kato Lombni chet tillari bo’yicha formulasi:  Sariflangan Vaqt + Qiziqish = Natija

 Chet tillarini o’rganishda qiynalyaptgan bo’lsangiz, tortinmay murojat qiling.

Sizni qiziqtirgan savollarga javob va maslaxatlar beramiz. uning uchun o’ng tarafdagi qo’ng’iroq tugmasini bosing va raqamingizni kiriting.

Izlanishlaringizga omad tilab qolamiz!!!

Brother.uz sayti jamoasi