Chet ellarda bepul o’qish. Chet ellarda bepul ta’lim ol!

Evropa davlatlaridagi sifatli ta’lim olish ko’p abiturientlar uchun orzu bo’lib qolaveryapti. Nega? Chunki chet ellarda chet elliklar uchun o’qish juda qimmat degan mish-mishlar yuradi. Aslida chet ellardagi bepul o’quv – xaqiqat, bizning studentlar uchun xam, istak bo’lsa bo’ldi. Eng muhimi to’g’ri davlatni tanlay olish.

Qaysi davlatlardagi vuzlar chet elliklarni bepul o’qitishga rozi? Chet eldagi bepul oliy ta’lim, birinchi o’rinda bu – Germaniyada o’qish. Yaqindagina Germaniyadagi hamma vuzlarda o’qish butunlay bepul edi – Germaniya fuqorolariga va chet elliklar uchun ham. 2005 yil 26 yanvardan boshlab har bir vuz o’qitishi pulli yo bepulligini o’zi xal qiladi.

63960dc873de10d25a8065152bc8b3b4

O’z vaqtida bunday qaror juda ko’plab noroziliklarni kelib chiqardi. Lekin bu Germaniyadagi ta’lim darajasini yanada oshirishga yordam berdi. Ayni paytda Baden-Vyurtemberg, Bavariya, Gamburg, Pastki Saksoniya va Saaradagi vuzlarda chet ellik o’quvchilar uchun ta’lim olish 500 evro bir semester uchun. Lekin bepul o’qish orzusini boshqa davlatlarda ham bajo keltirish mumkin.

Agar siz bepul o’qimoqchi bo’lsangiz – Gretsiyaga ahamiyat berishingizni so’rayman.  Gretsiyadagi davlat vuzlarida chet elliklar uchun ta’lim olish mutlaqo bepul. Bu ham yetmagandek, yegulik, turar-joy va o’quv qurollarini sizga tanlangan vuz olib beradi. Qiziqarlimi? Albatta! Siz o’z shaharingizdagi o’rta ta’lim maktabni bitirganingizdan so’nggina Gretsiyada bepul ta’lim olishga borishingiz mumkin. Eng qizig’I, sizni hech qanday ekzamen va testlarsiz qabul qilishadi, o’zingiz bilan atestatingizni ovolsangiz bo’lgani. Grek tilini bilish shart emas: uni siz vuz darslarida yodlab borasiz.

Ko’pincha chet ellarda ta’lim olish, faqatgina shu davlat tilida o’tkaziladi. Chexiya istisno emas: bu yerda davlat hisobidan o’qish faqatgina Chex tilida mumkin. Lekin bu sizni yo’lingizni to’sishi mumkinmi? Axir bunday vuzlardan birini bitirganingizdan so’ng sizni juda katta imkoniyatlar va ishlar kutadi. Chunki Chex tilini ko’plar bemalol 3 oy ichida o’rganib olishadi. Chexiyadagi bepul oliy ta’lim – bu Pragadagi mashxur Karl universiteti va boshqalar.

Shunday ekan, fursatni boy bermang.

Sahifa boýicha hamma savollaringizni, tortinmay, sahifa tagidagi Izoxlar bo’limiga qoldiring!

Diqqat! Brothers.Uz endi Telegramda. Grantlar bo’yicha eng qiziqarli va dolzarb yangiliklarni endi smartfoningizda qarshi oling. Marhamat: https://t.me/brothersuz
@brothersuz

Xurmat bilan Brothers.Uz jamoasi