Grant Nomi: Koreya Government Scholarship Program
Dedlayn: Yo’q
Grant: 100% Stipendiya
Qachon: Har Yili
Qayerda: Koreya Respublikasi
Ta’rif:
Koreya Respublikasi, Koreyada bakalavr, magistr darajalariga ega bo’lmoqchi o’zbek va boshqa millatliklar uchun stipendiya taqdim qildi. Dasturning bosh vazifasi – O’zbekiston bilan munosabatni yaxshilash, va malakali studentlarni Koreyaga Olib Kelish.
Bakalavriat Uchun 170 odamga, Magistratura va Aspirantura uchun esa 700 ta odam stipendiyaga ega bo’ladi.
Stipendiya Quyidagilarni Qoplaydi:
- Vatandan Koreyaga Avia Uchishni
- Yashash uchun studentga 800,000 KRW beriladi
- Ta’lim Narxini (Kontraktni Butunlay Qoplaydi) (Bepul O’qish)
- Birinchi marotaba Koreyaga Kelgan studentlarga qo’shimcha 200,000 KRW
- Ta’limni ohirida to’lanadigan grant – 100,000 KRW
- Koreys Tilini O’rganish Uchun Kursni
- Sog’liq Sug’urtasini
- Koreys tilini biladigan studentlar har oyi qo’shimcha 100,000 KRW olishadi
Talablar:
- Student va uning ota onasi koreys bo’lishi kerak emas
- Student sog’lom bo’lishi kerak
- Bakalavriatga topshirgan studentlar 25 yoshdan katta bo’lishligisi kerak emas
- Magistartura yo’ki aspiranturaga topshirganlar 40 yoshdan katta bo’lishi kerak emas
- Bakalavriatga topshirayotganlar 11 sinfni tugatgan bo’lishligisi, magistarturaga topshirayotganlar esa bakalavriatni yakulaganini tasdqilovchi diplomga ega bo’lishligisi kerak
- Student GPAsi 80% kam bo’lishi kerak emas
- Agar student koreys yo’ki ingliz tilini a’lo bilsa, stipendiyaga ega bo’lishiga imkon ko’proq
Bakalvriyatga arizalar sentabrdan oktabr-noyabrgacha qabul qilinadi.
Magistartura, Aspiranturaga arizalar fevraldan mart-aprelgacha qabul qilinadi.
Ariza Qanday Topshirish Kerak?
- Student barcha talab qilinadigan xujjatlarni o’z vatanidagi yo’ki qo’shni davlatdagi Koreya elchixonasiga topshirishi kerak bo’ladi.
- Elchixona ma’qul kelgan studentlarni tanlashadi va National Institute for International Education ga yuborishadi. Ular esa kimga stipendiya berishni hal qilishadi.
- Elchixona orqali ariza topshirgan bo’lsangiz, sizning arizangizni Koreyadagi BARCHA UNIVERSITETLAR ko’rib chiqadi. Ulardan, biriga bo’lsa ham kirgan bo’lishingiz kerak. (Aniq)
Bog’lanish:
Telefon: 82-2-3668-1389
E-Mail: kgspniied@korea.kr va kgspniied@korea.kr
Barcha savollaringizni Rus Tilida quyidagi E-Mailga jo’natishingiz mumkin: webmaster@studyinkorea.go.kr
O’zbek Tilidagi savollaringizni Koreyaning O’zbekistondagi E’lchixonasida so’rashingiz mumkin.
Hurmat Bilan Brothers.Uz Group